"Liverpool" yana "Barsa"dan futbolchi oladi
Kataloniyalik oʻyinchilar zoʻr oʻynaydi
«Barselona»ning qanot himoyachisi Alehandro Balde qishki transfer oynasida «Liverpul» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida Ispaniyada chop etiladigan Diario SPORT nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Balde transferiga shaxsan «Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola qiziqmoqda. Uning rejasiga binoan, ispaniyalik himoyachi allaqachon yanvar oyidayoq «Enfild»ga ko‘chib o‘tishi kerak.
Xabarda ta’kidlanishicha, Baldega «Manchester Yunayted» ham ko‘z tikib qo‘ygan. Shu bilan birga, «Liverpul» rahbariyati o‘zining «Barselona» bilan munosabatlari ushbu kurashda ustunlik berishiga ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida mersisaydliklar «Barselona» tarkibidagi Ronald Arauconi ma’lum muddatga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Qiziqi shundaki, joriy mavsumda 22 yoshli Balde «Barselona» tarkibida biror marta ham maydonga tushmadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Izohlar (0)