"Liverpool" afsonasi maydonga qaytmoqda
Joriy yilning Mart oyida "Liverpul" hamda "Borussiya Dortmund" klubi afsonalari oʻrtasida uchrashuv oʻtkaziladi. Bu haqida "qizillar" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, mazkur bellashuvda mersisaydliklar afsonasi Stiven Jerrard ham ishtirok etadi. Oʻrtoqlik uchrashuvi 28 mart kuni "Enfild" oʻyinchoʻgʻida boʻlib oʻtadi.
Jerrard "Liverpul" tarixidagi eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Stiven 1997 yildan 2015 yilgacha ingliz klubi sharafini himoya qilgan.
Eslatib oʻtamiz, angliyalik yarim himoyachi 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Uning soʻnggi klubi Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" jamoasi boʻlgan. Ayni paytda Stiven futbol murabbiyi hisoblanadi.
Fikrlar