"Liverpul" Alkantara uchun "Bavariya"ga qancha to‘laydi?

  • 17 sentabr, 2020, 19:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantaraning “Liverpul”ga o‘tishi aniq bo‘ldi. VVS esa, ispaniyalik futbolchi va mersisaydliklar o‘rtasida imzolanadigan shartnoma bandlarini oshkor qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi “Liverpul” bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolaydi va 6-raqamda to‘p suradi. Ushbu raqamda avval xorvatiyalik himoyachi Deyan Lovren harakat qilgan edi.

APL chempioni Tyago uchun “Bavariya”ga jami 25 mln funt to‘laydi. Shundan 5 millioni bonus hisobida bo‘ladi. Aniqrog‘i, agar Klopp jamoasi Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, ushbu 5 million myunxenliklar hisobiga o‘tkazib beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!