“Liverpool” baribir boshqa murabbiy tanladi

  • 01.04.2026 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Arne Slot qo‘l ostidagi jamoa chempionlik unvonini munosib himoya qila olmayotganligi uchun jiddiy qarorlar qabul qilishga bel bog‘ladi.

O‘tgan yozdagi katta xaridlarga qaramay, jamoa Angliya Premier-ligasida kutilgan natijani qayd eta olmadi.

The Touchline Sport  va Bild kabi nufuzli manbalarning xabar berishicha, “Liverpul” yozda jamoa bosh murabbiyi sifatida Xabi Alonsoni tayinlashga qaror qilgan.

Avvalroq matbuot Alonsoni “Liverpul” bilan bog‘lagan edi. Ispaniyalik mutaxassis “Real”dan ketganidan so‘ng bir necha oydan beri ishsiz yuribdi.

Hozirgi vaqtda “Liverpul” Angliya chempionati jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda va chempionlik unvonini saqlab qolish imkoniyatini boy berib bo‘lgan. Niderlandiyalik Arne Slot  ayni paytda katta bosim ostida ishlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!