Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Liverpool"da u qolsa, men ketaman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ikkita zo‘r darvozabon bir jamoaga sig‘mas ekan

«Liverpul» darvozaboni  Georgiy Mamardashvili ingliz klubini tark etishi mumkin. Sky Sports jurnalisti Vinni O’Konnorning ta’kidlashicha, bunday qarorni gruzin posboni klub 34 yoshli Alisson bilan shartnomani uzaytirgan taqdirda qabul qilishi ehtimoldan xoli emas.

«Agar tomonlar Alissonnning jamoada qolish muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishib olsa (natijada u klubda to‘qqiz yildan ortiq vaqt o‘ynashi mumkin), Georgiy Mamardashvili o‘z kelajagi borasida qaror qabul qilishga majbur bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. 

Hozir u 26 yoshda, 2024 yil yozida jamoaga qo‘shilgandan beri esa asosan zahirada qolib kelmoqda. 

Shuni inobatga olganda, u doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun klubini o‘zgartirishni istasa, bu hech kimni ajablan­tirmas — xuddi «Valensiyada»gi kabi doimiy tarkibda maydonga tushishni xohlashi tabiiy», — deya yozadi O’Konnor.

Joriy mavsumda Georgiy Mamardashvili «Liverpul» tarkibida barcha musobaqalar doirasida bor-yo‘g‘i ikki o‘yinda maydonga tushdi va shu uchrashuvlarda ikki gol o‘tkazib yubordi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q