"Liverpul" futbolchisi Jotaning qachon safga qaytishi ma’lum qilindi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" futbolchisi Diogu Jota "Brentford"ga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. Uning jarohati qanchalik jiddiy ekani ma’lum bo‘ldi. 

"Liverpool.com" nashrining xabar berishicha, portugal 2 oyga safdan chiqdi. U tizzasidan jarohat olgani oshkor etildi. 

Ayni vaqtda mersisaydliklar 57 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Ta’qibchi "Arsenal" bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!