«Liverpul» hujumchisi Italiyaga ketishi mumkin

  • 01.01.2022 11:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

La Gazetta dello Sport  nashrining yozishicha, «Yuventus» «Liverpul» hujumchisi Divok Origiga ko‘z tikmoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, tez orada Turin klubi transferga jiddiy harakat qiladi.

Avvalroq, «zebralar» Mauro Ikardi borasida PSJ bilan, shuningdek, Edinson Kavani borasida «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishmoqchi bo‘lgandi, biroq takliflar rad etilgan edi.

Belgiyalik hujumchining narxi 12 million evroga baholangan. Origi APL doirasida 3 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!