"Liverpul" ijaradagi futbolchisini ortga qaytarmoqda
Yozda "Liverpul"dan "Leyptsig"ga bir mavsumlik ijara asosida o‘tgan Fabiu Karvalyu ortga qaytadi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
"Qizillar" futbolchiga kam o‘yin amaliyoti berilayotganidan norozi bo‘lib, uni chaqirib olishga qaror qilgan. Yarim himoyachini klub tarkibning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lishini istaydi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Karvalyu qishning o‘zida boshqa jamoaga ijaraga beriladi. Ayni paytda "Sautgempton" unga qiziqish bildirmoqda.



Fikrlar