
“Liverpul” kerak bo‘lmay qolgan futbolchidan qutildi
“Liverpul” rahbariyati mavsumoldi tayyorgarligi jamoa bilan birga o‘tagan portugaliyalik legioner Fabiu Karvalyuning xizmatlaridan to‘liq voz kechdi.
“Qizillar” 21 yoshli hujumkor futbolchini “Brentford”ga transfer qildi.
Karvalyu “Liverpul”ga 2022 yilning yozida “Fulxem”dan 9,4 million evroga transfer qilingan edi. “Benfika” va “Fulxem” akademiyalarida tarbiyalangan Fabiu “Liverpul”ning asosiy tarkibiga kira olmadi.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchi hozirgacha “Leyptsig” va “Xall Siti” klubilarida ijarada to‘pib keldi.
“Brentford” Karvalyu uchun 20 million funtni badal puli sifatida to‘laydi va yana 7,5 million funt miqdorida turli bonuslar ajratadi. Kelishuvga ko‘ra, “qizillar” Fabiuning keyingi transferidan 17,5 foiz miqdorida ulush ham oladi.
Karvalyuning o‘zi ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida “Liverpul”ni tark etishga rozilik berdi.
Fikrlar