"Liverpool" Konate bilan xayrlashdi

  • 31.05.2026 22:14
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi rasmiy sayti orqali himoyachi Ibraima Konate bilan hamkorlik yakunlanganini ma'lum qildi.

Fransiyalik futbolchi iyun oyi oxirida klubni erkin agent sifatida tark etadi. Shu tariqa, uning "Enfild"dagi besh yillik faoliyati o‘z nihoyasiga yetadi.

Konate 2021 yil yozida "RB Leyptsig"dan "Liverpul" safiga qo‘shilgan edi. U mersisaydliklar tarkibida jami 183 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.

Himoyachi klub bilan birga Angliya Premier-ligasi, Angliya kubogi, ikki marta Liga kubogi hamda Angliya Superkubogida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!