"Liverpool" Mane transferini ko‘rib chiqmoqda

  • 11.01.2026 15:20
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" "Vulverxempton" hujumchisi Mateush Maneni oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin. Bu haqida “TEAMtalk” nashri maʼlum qildi.

Manba maʼlumotiga koʻra, mersisaydliklar 18 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Bundan tashqari, Manening agenti "Liverpul"ning bir nechta futbolchilari bilan ham aloqasi yaxshi bu esa kelishuvni tezroq amalga oshirishga yordam berishi mumkin. 

Angliyalik futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 250 ming yevroga baholanmoqda. Uning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi. 

Maʼlumot uchun, Mateush joriy mavsum APLda "bўrilar" safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!