"Liverpool" safiga yozda kelib qo‘shilgan futbolchini "Bavariya" nishonga oldi

  • 18.02.2026 16:36
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virtsning xizmatlariga "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. 

"Bayern Space" nashri bergan xabariga koʻra, Myunxen klubi vakillari allaqachon futbolchining otasi bilan bogʻlangan va oʻz qiziqishlarini maʼlum qilgan. Biroq Virtsning otasi oʻgʻli bu transferga qiziqmayotganini, u faoliyatining koʻp qismini "Liverpul"da oʻtkazmoqchi ekanligini aytgan. 

Germaniyalik xavbekning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha moʻljallangan. 

Maʼlumot uchun, ingliz klubi 22 yoshli futbolchini yozda "Bayer"dan 125 million yevroga oʻz safiga qoʻshib olgandi. Joriya mavsum yarim himoyachi 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz nomiga 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qoʻyishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!