Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Liverpool”: Senga yangi shartnoma yo‘q!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Narsalaringni yigʻishtir

«Liverpul» himoyachisi Kostas Tsimikasga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmayapti.

O‘tgan yozda Tsimikas «Roma»dagi bir mavsumlik ijaradan keyin «Liverpul»ga qaytdi. U chap qanot himoyachisi pozitsiyasida Milosh Kerkezga raqobatchi bo‘lishi kerak edi.

Shundan beri 30 yoshli grek futbolchisi Premyer-ligada «Liverpul»ning asosiy tarkibida faqat bir marta maydonga tushdi. Biroq Chempionlar ligasida uch marta boshlang‘ich tarkibda o‘ynadi.

Tsimikasning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Hozircha uni uzaytirish bo‘yicha hech qanday muzokara olib borilmayapti. Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» kelasi yozda Kostasni erkin agent sifatida qo‘yib yubormoqchi.

Shu bilan birga, «Liverpul» allaqachon yangi chap qanot himoyachisini izlash ishlarini boshlagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q