"Liverpool" sobiq yulduzi XXI asrning rekordchi jamoasiga ko'chib o'tmoqda
"Liverpul" va "Arsenal"da yorqin oʻyinlar koʻrsatgan Aleks Oksleyd-Chemberlen Shotlandiyada oʻynashi mumkin.
Xabarlarga koʻra, angliyalik futbolchi Shotlandiyaning "Seltik" klubi bilan ogʻzaki kelishuvga erishgan. Futbolchi shotland klubi bilan 6 oylik shartnomaga imzo chekdi. Bundan tashqari Aleks yaxshi formada oʻynab ketsa, shartnoma yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Chemberlen ayni vaqtda erkin agent hisoblanadi. 32 yoshli futbolchining soʻnggi klubi Turkiyaning "Beshiktosh" jamoasi boʻlgan edi. U faoliyati davomida "Sautgempton", "Liverpul", "Arsenal" va "Beshiktosh" klublarida toʻp tepgan. Bundan tashqari, Angliyaning turli xil yosh toifasidagi jamoalarida va milliy terma jamoa sharafini ham himoya qilgan.
Maʼlumot uchun, xavbek faoliyati mobaynida 443ta uchrashuvda maydonga tushib, 53ta gol va 52ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.
Fikrlar