"Liverpul" va "Siti" futbolchilari Angliya terma jamoasi yig‘inini tark etdi

  • 17 noyabr, 2020, 11:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson va "Manchester Siti" hujumchisi Raxim Sterling Angliya terma jamoasining Millatlar ligasi doirasida Islandiyaga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi.

BBC manbasi xabariga ko‘ra, ikkala futbolchiga ham yig‘in vaqtida olgan jarohati bois klub ixtiyoriga vaqtliroq qaytib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Markus Reshford, Konor Koudi va  Jo Gomes ham milliy jamoa yig‘inida jarohat sabab ishtirok eta olmasligi ma’lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!