
"Liverpul" "Vest Xem" etakchisini ilib ketmoqchi
"Liverpul" jamoasi yozda o‘z tarkibini "Vest Xem" vingeri Jarrod Bouen bilan kuchaytirmoqchi. Bunga futbolchi ham qarshi emas.
"Football Insider" nashriga ko‘ra, mersisaydliklar 25 yoshli iqtidorning transferi uchun 50-60 million evro ajratishga tayyor. "Qizillar" raxbariyati va shaxsan Yurgen Kloppning o‘zi ingliz o‘yinchisiga yuqori baho bermoqda.
"Transfermarkt" portali inglizning transfer qiymatini 35 million evro etib belgilagan.
Ma’lumot o‘rnida, Angliya termasiga chaqirilgan Jarrod Bouen ushbu mavsum APLning 21 uchrashuvida ishtirok etdi hamda o‘z hisobiga 5 ta gol va 7 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar