"Liverpool" yarim himoyachi uchun 100 million yevro toʻlashga tayyor
Angliyaning mashhur klubi «Liverpul» yaqin kunlarda «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott bo‘yicha rasmiy taklif yo‘llashga tayyorlanmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi yaqinda o‘z jamoasining shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etgan. Amaldagi kelishuv 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, Skott kelajagini boshqa klubda ko‘rayotgani aytilmoqda.
Insayderlar ma’lumoticha, futbolchi qarorini qabul qilishda asosiy omillardan biri Andoni Iraola shahsi bo‘lishi mumkin. Skott «Bornmut»da aynan shu mutaxassis qo‘l ostida o‘ynagan. Hozir esa Iraola «Liverpul» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ehtimoliy transfer qishki oyna davomida amalga oshishi mumkin. Kutilmoqdaki, bitim qiymati taxminan 100 million yevro atrofida bo‘ladi.
Shu bilan birga, Skott uchun kurashda «Liverpul» yagona da’vog‘ar emas. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklarning asosiy raqobatdoshi sifatida «Chelsi» tilga olinmoqda.