“Liverpool” yordamga Messini olib keladi
“Liverpul” hujum chizig'ini birdaniga kuchaytirish maqsadida ayni paytda ta'tilda bo'lgan “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messini qisqa muddatli ijarga olib kelish bo'yicha ish boshlandi.
Ayni paytda Shimoliy Amerikada mavsum oralig'i davom etmoqda, yangi musobaqa esa faqat bir yarim oydan keyin start oladi.
Avval ham MLS o'yinchilari mavsum o'rtasida formasini saqlab turish uchun Angliya Premier-ligasiga bir necha bor kelishgan. Bunga Lendon Donovan yoki Tyerri Anrini misol qilib keltirish mumkin.
Ispaniyaning Sport nashri ma'lum qilishicha, endilikda Messi ham ularning yo'lidan borishi kutilyapti. Argentinalik yulduz kelasi yozda start oladigan jahon chempionatiga eng yaxshi formada yetib borishni istayapti.
38 yoshli argentinalik futbolchini qisqa muddatga ijarga olishni o'ylab ko'rayotgan klublar orasida “Liverpul” ham bor, ammo bitimni kelishib olish juda murakkab ko'rinadi.
Ideal variant sifatida Messi “Barselona”ga qaytishni istar edi, biroq kataloniyaliklar moliyaviy jihatdan juda og'ir ahvolda. Bu esa eshikni boshqa klublar, jumladan “Liverpul” uchun ham ochiq qoldirmoqda.
Fikrlar