“Liverpool”da katta yo‘qotish
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” uchun bu galgi chempionat juda og‘ir o‘tmoqda. Ochko jamg‘arishga qiynalayotgan liverpullliklarda kadrlar muammosi ham yuzaga keldi.
Jamoaning o‘ng qanot himoyachisi Konor Bredli Angliya chempionati doirasida musobaqa peshqadami “Arsenal”ga qarshi o‘yinda (0:0) olgan jarohati og‘ir bo‘lib chiqdi.
“Liverpul” matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Bredli uchun mavsum tugagan va futbolchi uzoq muddat davomida jarohatini davolatishiga to‘g‘ri keladi.
Yaqin kunlarda Bredli operatsiya qilinishi rejalashtirilgan, shundan keyin reabilitatsiya davri boshlanadi. Tiklanish muddatlari aniq aytilmagan, ammo tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, himoyachi bu mavsumda jamoasiga yordam bera olmasligi aniq.
Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmaga muallif bo‘lgan. Uning “Liverpul” bilan shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar