Asosiy mazmunga oʻtish
"Liverpool"da mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi aniqlandi

"Liverpool"da mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi aniqlandi

  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubida o‘tgan mavsum yakunlari sarhisob qilinib, muxlislar ovozi orqali jamoaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Ushbu nominatsiyada vengriyalik yarim himoyachi Dominik Soboslay g‘olib bo‘ldi. U so‘rovnomada ishtirok etgan muxlislarning 66 foiz ovozini to‘pladi.

25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda mersisaydliklar safida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Soboslay 2023 yil yozidan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining transfer qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q