
"Lokomotiv" 22 yanvar kuni ochiq mashg‘ulot o‘tkazadi
"Lokomotiv" yangi mavsumga hozirlikni davom ettirmoqda.
"Temiryo‘lchilar" murabbiylar shtabi o‘zaro kelishgan holda 22 yanvar (juma) kuni bo‘ladigan mashg‘ulotni OAV xodimlari uchun ochiq o‘tkazishga qaror qilishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kuni TTYMI stadionida soat 11:15da portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra qo‘l ostidagi "Loko"ning mashg‘ulot jarayoninini OAV vakillari maydonda kuzatish imkoniga ega bo‘ladilar.
Fikrlar