"Lokomotiv"ning asosiy va o‘rinbosarlar jamoalari Antaliyada qaysi raqiblar bilan o‘ynaydi?

  • 9 fevral, 2024, 00:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni kunlarda "Lokomotiv"ning asosiy va U-21 jamoasi Antaliyaning Lara va Belek tumanlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda.

Tecno

Oldin ma’lum qilganimizdek, ushbu yig‘inlarda asosiy jamoa 5, yoshlar tarkibi esa 4 nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.

Hozircha, raqiblar to‘liqligicha aniq emas. Asosiy jamoa yig‘inning so‘nggi kuni ikkinchi yarmida ham nazorat o‘yinini o‘tkazishni reja qilgan, biroq raqib tanlanganicha yo‘q.

11 fevral. "Lokomotiv" - "Volga" (Ulyanovsk, Rossiya)
14 fevral. "Lokomotiv" - "Petrokub" (Xincheshti, Moldaviya)
17 fevral. "Lokomotiv" - "Turon" (Turkiston, Qozog‘iston)
20 fevral. "Lokomotiv" - "Veles" (Moskva, Rossiya)

"Lokomotiv" U-21 jamoasida esa reja qilingan 16 fevral kungi raqib aniqlanmagan.

9 fevral. "Lokomotiv" - Qirg‘iziston U-23 terma jamoasi
13 fevral. "Lokomotiv"  - »Krasnodar« U-19 (Rossiya)
20 fevral. "Lokomotiv"  - "Kanazava" (Yaponiya)

Ayni damda ushbu kunlar uchun raqiblar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Tomonlar kelishuvga erishsa, raqiblar nomini ma’lum qilamiz.

"Lokomotiv" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!