Asosiy mazmunga oʻtish
Luis Enrique: "Ichki chempionat biz uchun asosiy maqsad"

Luis Enrique: "Ichki chempionat biz uchun asosiy maqsad"

  • 0
  • Futbol

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique jamoasining Liga 1 birinchi yarmidan keyin ikkinchi o‘rinda borayotgani haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, biz mavsumning birinchi qismini yaxshi o‘tkazdik, ammo "Lans" yaxshiroq harakat qildi. Ko‘proq ochko jamg‘arish uchun yanada qo‘shishimiz kerak. Bu barcha jamoalar uchun qiyin bo‘ladi. Biz "Lans" va chempionlik uchun kurashayotgan boshqa jamoalarning darajasini bilamiz. Buni anglaymiz va bu bizga qo‘shimcha motivatsiya beradi. Imkon qadar ko‘proq o‘yinlarda g‘alaba qozonishni istaymiz.

Chempionat har doim biz uchun aniq va muhim maqsad hisoblanadi. Mavsumning birinchi qismida biz PSJning odatiy tarkibida o‘ynamadik, shu sababli futbolchilarim bilan juda faxrlanaman. "Lans" ham o‘sishga erishdi. Men faqat natijalarga emas, balki jamoaning o‘yiniga ham qarayman.

Yana bir bor aytaman, chempionat biz uchun juda muhim. Bizga barcha futbolchilar kerak", — dedi Enrique.

Hozirda "Lans" parijliklardan 4 ochkoga oldinda. Ertaga PSJ 17-tur doirasida "Parij" jamoasini qabul qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q