Asosiy mazmunga oʻtish
Luis Enrike matbuot anjumanini erta tark etdi

Luis Enrike matbuot anjumanini erta tark etdi

  • 0
  • Futbol

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique "Parij" bilan derbida jamoasining mag‘lubiyati haqidagi noqulay  savoldan so‘ng matbuot anjumanini muddatidan oldin tark etdi. 

Enrikega jurnalist savol berdi: Siz bu mavsumda "Parij"dan ikki marta mag‘lub bo‘ldingiz, shuning uchun... U gapini tugatishga ulgurmay, "qizil-ko‘klar"ning ustozi darhol uning gapini bo‘ldi: "Yana, yana, katta rahmat", - dedi va shundan so‘ng ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumani o‘tkazilayotgan zaldan chiqib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan uyinda PSJ "Parij"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

PSJ mavsumni 34 o‘yinda 76 ochko jamg‘arib, Liga 1 turnir jadvalini birinchi o‘rinda yakunladi. "Parij" esa   44 ochko bilan 11-pog‘onadan joy oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q