Luis Suarez Levandovski debutini rasvo qildi

  • 23.07.2026 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

22 iyuldan 23 iyulga o‘tar kechasi Amerika MLS chempionati doirasida «Inter Mayami» va «Chikago Fayr» jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kuchli kurash ruhida o‘tgan bellashuv 3:2 hisobida Mayami klubi foydasiga yakunlandi.

«Inter Mayami» tarkibida Luis Luarеs ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, yana bir golga Preston Plambek mualliflik qildi. «Chikago Fayr» jamoasi safida esa Puso Ditejan gol urdi, yana bir gol esa Rokko Rios Novo tomonidan o‘z darvozasiga kiritilgan avtogol sifatida qayd etildi.

«Chikago Fayr» uchun ushbu o‘yin yana bir jihatdan tarixiy bo‘ldi: jamoa safida Robert Levandovski ilk bor maydonga tushdi. U 63 daqiqa o‘ynadi, ammo gol yoki golli pas bilan jamoasiga yordam bera olmadi.

«Inter Mayami» tarkibida esa Lionel Messi bu safar maydonga chiqmadi. U 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etganidan so‘ng qo‘shimcha ta’tilga chiqqani sabab o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!