Luka Modrich "Inter Mayami"ga o‘tish arafasida
39 yoshli yarim himoyachi Luka Modrich Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng "Real"ni tark etadi. Uning shartnomasi tugayotgani sababli, u erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
"Mundo Deportivo" narining xabariga ko‘ra, xorvat futbolchisi yozda Lionel Messi harakat qilayotgan "Inter Mayami" klubiga qo‘shiladi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, jamoa egasi Devid Bekxem o‘tgan yildan beri Modrichni jamoaga olib kelishni istagan. Shuningdek, Lionel Messi ham klub rahbariyatidan Luka Modrichni olib kelishni so‘ragani aytilmoqda.
Hozircha mavjud ma’lumotlarga qaraganda, kelishuv 2026 yil iyuligacha, ya’ni 1 yillik bo‘ladi. Xavbekning maoshi esa 2,5 million dollar etib belgilangan.



Fikrlar