
Lukaku va Vernerga boshpana beradigan klub topildi
“Chelsi”da ishi yurishmayotgan ikki hujumchi – Romelu Lukaku va Timo Verner yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, kataloniyaliklar Erling Xolandni qo‘lga kiritishi tobora murakkablashib bormoqda. Xavi esa, o‘z jamoasida xuddi Lionel Messi kabi ko‘p gol ura oladigan hujumchi bo‘lishini istayapti.
Shu bois, “Barselona” mutasaddilari “Chelsi” o‘yin uslubiga moslasha olmayotgan Lukaku va Vernerga ko‘z tikmoqda. Qolaversa, “Chelsi” atrofida yuzaga kelgan vaziyat oqibatida bir necha futbolchi “aristokratlar” safini tark etish harakatiga tushgan.
Verner joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga ettita gol va to‘rtta assist yozdirgan bo‘lsa, Lukaku 31 marotaba maydonga tushib, 11 ta to‘p kiritdi va bir juft golli pas berdi.
Fikrlar