Lyaport Saudiyadan ketmoqchi

  • 6 fevral, 2024, 18:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda "An-Nasr"da to‘p surayotgan Emerik Lyaport vataniga qaytishni istaydi. "Todofichajes" nashrining xabar berishiga ko‘ra, futbolchi bilan Bilbaoning "Atletik" klubi shartnoma imzolashi mumkin.

Riyodliklar ham 29 yoshli futbolchini keyinchalik 20 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga tayyor. Lyaport "Atletik" akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi va 2011 yildan 2018 yilgacha "sherlar" jamoasida o‘ynagan.

Keyinchalik besh yil davomida Angliyaning “Manchester Siti” klubini himoya qildi. Futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida 26 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Joriy mavsumda Emerik Saudiya chempionatida 14 o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!