MЮ ashaddiy raqib "Siti" tarbiyalagan o'yinchini oladi
Italiya chempionatida "Latsio" sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Fisayo Dele-Bashiruga "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, manchesterliklar 25 yoshli futbolchini yozgi transfer rejasiga kiritgan. Nigeriya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan yarim himoyachi klub tomonidan universal va nisbatan arzon variant sifatida ko‘rilmoqda.
Rimliklar futbolchi uchun taxminan 15–18 million yevro atrofida mablag‘ so‘rayapti.
Aslida "Manchester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Dele-Bashiruning o‘zi ham Angliyaga qaytish imkoniyatini ijobiy baholamoqda.
Yakunlangan mavsumda u "Latsio" safida barcha musobaqalar hisobida 28 o‘yin o‘tkazdi, ikki gol urdi va bir golli pas berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar