"Madrid derbisi"da yana majaro

  • 30 sentabr, 16:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 7-turidan o‘rin olgan "Real Madrid" — "Atletiko Madrid" jamoalari o‘rtasidagi bahs 5:2 hisobida "matraschilar" foydasiga hal bo‘ldi.  Uchrashuv davomida Koke va Vinisius Junior o‘rtasida janjal yuzaga keldi.  Koke braziliyalik futbolchiga Mbappe undan kuchli ekanligini aytgan. Bunga javoban Vini 2  marotaba Chempionlar ligasini yutganligii eslatib qo‘ydi. Quyida ular o‘rtasidagi suhbatni o‘qib chiqing.

Tecno

- Koke: "Xo‘v ana, dunyoning eng yaxshi futbolchisiga (Mbappe) qara. Kelganidan beri sendan o‘zib ketdi."

- Vinisius: "U sen bilan emas, men bilan. Biz u bilan birgalikda unvonlarni qo‘lga kiritamiz, sen esa hech narsa yutmaysan."

 -Vinisius: "Ko‘p yig‘layapsan. Menda ikkita Chempionlar Ligasi chempionligi bor, senda esa hech narsa yo‘q. Men ikki marta yutdim. Cen ikki marta yutqazding. O‘rtamizdagi farq mana shunda."

Ma’lumot uchun, Madrid derbisidagi mag‘lubiyat "Real"ga qimmatga tushdi va klub turnir jadvalida peshqadamlikni "Barselona"ga topshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!