Asosiy mazmunga oʻtish
Madridliklar “Barsa” bilan kelisha olmagan Levandovskini chaqiryapti

Madridliklar “Barsa” bilan kelisha olmagan Levandovskini chaqiryapti

Ispaniya chempionatida kutilmagan transferlardan biri amalga oshishi mumkin. Madriddning “Atletiko” klubi “Barselona” hujumchisi Robert Levandovskiga qiziqish bildirmoqda.

Fichajes ma'lumotiga ko‘ra, 37 yoshli polshalik forvard kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmadi. “Barselona” futbolchini yana bir mavsum saqlab qolmoqchi edi, ammo yangi kelishuv shartlari Levandovskini qoniqtirmagan.

Vaziyatga “Atletiko” reaksiya qildi. Madrid klubi hujumchiga ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor, shuningdek ma'lum shartlar bajarilganda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bo‘ladi. Shartlardan biri – o‘yinchi kamida 17 ta gol urishi kerakligi bo‘ladi.

Diego Simeone jamoasi uchun Levandovski tajribali hujumchi sifatida ko‘rilmoqda, u darhol hujumni kuchaytirishi va jamoaga yetakchilik sifatlarini qo‘shishi mumkin. Futbolchining o‘zi esa muhim o‘yinchi maqomini saqlab qolish va yuqori darajada o‘ynashni davom ettirishni istayapti.

Shuningdek, vaziyatni “Manchester Yunayted” ham kuzatmoqda va u ham forvard uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. Angliya klubi moliyaviy jihatdan yanada manfaatli shartlar taklif qilishga qodir.

“Barselona” esa asosiy hujumchisini kompensatsiyasiz yo‘qotishni istamaydi va o‘z taklifini qayta ko‘rib chiqishi kutilyapti. Levandovskining ehtimoliy ketishi kataloniyaliklar uchun ham o‘yin, ham yetakchilik jihatidan jiddiy yo‘qotish bo‘ladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q