Madridliklar yulduzi yangi jamoada katta maosh oladi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann MLS klubi “Orlando Siti” bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani aytildi. Ma’lumotlarga koʻra, tomonlar hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda fransiyalik toʻpurar AQSh klubida har mavsum uchun taxminan 10 million yevro maosh oladigan boʻldi.
Bu haqida jurnalist Fabris Xokins oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Amerika jamoasi dastlab transferni mart oyida amalga oshirishni rejalashtirgan, ammo keyin hujumchini mavsum oxirigacha “Atletiko Madrid”da qoldirib, jamoaga joriy musobaqalarda yordam berishiga qaror qilingan.
Madrid klubi bilan shartnomasi tugagach, u jamoani erkin agent sifatida tark etadi va shundan soʻng iyul oyida “Orlando Siti”ga qoʻshiladi.
Fikrlar