Magomed Ankalaev: "Tez orada vazn toifamni o‘zgartiraman"

  • 01.10.2025 20:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning yarim og‘ir vazn (93 kg) chempioni Magomed Ankalaev kelajakda og‘ir divizionga (120 kg) ko‘tarilishi mumkinligini aytdi.

"Ha, bu albatta rejada bor. Vazn qo‘shish men uchun qiyin emas, tezda 110 kg gacha chiqib ketaman. Birinchi navbatda o‘z divizionimda ishlarni yakuniga etkazishim kerak. Yana bir-ikki jangdan keyin og‘ir vaznga o‘taman", — dedi rossiyalik "New York Post Sports" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 5 oktyabr kuni Las-Vegasdagi "UFC 320" turnirida Ankalaev Aleks Pereyraga qarshi revansh o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!