
Magomed Ankalaev va Aleks Perreyra jangida kim g‘olib bo‘ladi? Aleksandr Volkanovski javob berdi
UFC chempioni Aleksandr Volkanovski yarim og‘ir vazn chempioni Magomed Ankalaev va braziliyalik Aleks Perreyra o‘rtasidagi revansh haqida gapirdi.
"Pereyra juda kuchli. U o‘z ustida ishlashni, kerakli o‘zgarishlarni kiritishni biladi. Biroq Ankalaev ham jang davomida strategiyasini o‘zgartira oladi, turli “qavatlar” bo‘yicha hujum qiladi. Favoritni aytishim kerak bo‘lsa, menimcha, Aleks yana g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman", — dedi avstraliyalik "YouTube" kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Ankalaev va Perreyra o‘rtasidagi chempionlik revanshi 5 oktyabr kuni Las-Vegasdagi "UFC 320" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar