
Mahmud Muradov: Hech qanday bahona yo‘q
AQShning Las-Vega shahrida "UFC Vegas 35" turniri doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradov o‘zining promoushendagi to‘rtinchi jangini o‘tkazdi.
Unga AQSh vakili Jerald Meershert raqiblik qildi. Ushbu qarma-qarshilik ikkinchi raundda o‘z nihoyasiga etdi. Afsuski, hamyurtimiz bu safar imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Meershert bo‘g‘ish uslubdi evaziga yurtdoshimizni taslim etishni uddasidan chiqdi.
Muradov jangdan keyin o‘zining "Instagram"dagi sahifasida post qoldirdi:
"G‘alaba va mag‘lubiyat Allohdandir. Hech qanday bahona yo‘q. Bugun raqibim kuchliroq edi va g‘alaba qozondi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. In Sha Alloh, kuchliroq bo‘lib qaytaman".
Fikrlar