Asosiy mazmunga oʻtish
Mak Allister: «Bu ularning qarori»

Mak Allister: «Bu ularning qarori»

«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister o‘z shartnomasi atrofidagi vaziyat va ingliz klubi tomonidan uni uzaytirish bo‘yicha taklif yo‘qligi haqida fikr bildirdi.

— Bu haqida avvalroq gapirganimda, ko‘proq his-tuyg‘ularim ta’sirida fikr bildirgan edim. Qaror ularnik, men esa buni qabul qilaman. Maydonda ham, mashg‘ulotlarda ham qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman, — deya Mak Allister so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltiradi.

27 yoshli argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi «Liverpul» bilan 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Avvalroq u klubdan yangi shartnoma bo‘yicha taklif tushmayotgani o‘zini ranjitganini tan olgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q