Makgregorning yaqinlaridan biri koronavirus tufayli vafot etdi

  • 14 mart, 2020, 15:26
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ikki divizioning sobiq chempioni Konor Makgregor xolasi vafot etganini aytib o‘tdi.

"Bir necha kun avval, men dunyoga katta xayriya qilayotganimni telekanallarning birida e’lon qilishim kerak edi.

Men oilam bilan AQShga borgandik va u erda ertalabki tok-shouni namoyish etishga barcha narsa tayyor edi.

Shu pallada, menga qo‘ng‘iroq qilishdi va mening sevimli xolam Enn vafot etganini aytishdi. Bechora sevimli xolam, onajonimning singlisi!

Bu axmoqona virus... Xo‘sh, nima bo‘lyapti o‘zi? Bu yovvoyi virus hujumidan so‘ng, bizda yaxshi odatlar paydo bo‘ladi: qo‘lni yuvish gigienasi, yuzimizni ushlayvermaslik..." - dedi Makgregor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!