
Malayziya. Shoahmedovning jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
Hamyurtimiz Sanjar Shoahmedov faoliyat olib boradigan "Terengganu" klubi o‘z maydonida "Felda Yunayted"dan 2:1 hisobida ustun keldi. Shoahmedov odatdagidek bahsni asosiy tarkibda boshladi.
Bugungi muvaffaqiyat natijasida "Terengganu" hisobidagi ochkolar soni 12 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Malayziya Superligasi. 10-tur
"Terengganu" - "Felda Yunayted" 2:1.
Fikrlar