Mana shu darvozabonni olamiz!
“Tottenxem” rahbariyati “Kristal Pэlas” darvozaboni Din Hendersonga qiziqish bildirmoqda. “Shporlar” angliyalik posbonni yozda oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qiladi.
“Tottenxem”ning hozirgi paytdagi asosiy darvozaboni Gulyelmo Vikariо muntazam tanqidga uchramoqda va buning ortidan italyalik futbolchi A Seriyaga qaytishi mumkinligi haqida maʼlumotlar koʻpayib bormoqda.
Football Insider nashri maʼlumotiga koʻra, “shporlar” rahbariyati yozda yangi darvozabonga ehtiyoj borligini eʼtirof etgan holda Din Henderson Vikarioga nisbatan yaxshiroq variant, deb hisoblayapti.
Hozir “Kristal Pэlas” murakkab holatda. Jamoa sardori Mark Gexi yanvarda “Manchester Siti”ga oʻtib ketdi, bosh murabbiy Oliver Glasnerning shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Bundan tashqari jamoaning boshqa yulduzlari ham klubdan ketish payiga tushib qolgan.
Na shu vaziyatga qaramay, klub Hendersonni juda qadrlaydi va unga yaxshilangan shartlar bilan yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar