Manba: "Jirona"ning goli bekor qilinishi kerak edi!

  • 17.02.2026 03:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

La Liganing 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Jirona" o‘z uyida "Barselona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Bahs davomida bir qator bahsli vaziyatlar kuzatildi. Xususan, mezbonlarning ikkinchi goli oldidan qoidabuzarlik qayd etilishi kerak edi, deya ma’lum qildi Archivo VAR nashri.

"To‘p Echeverridan qaytgan paytda u harakatni nazorat qila olmadi va butsasining tishlari bilan Kundening to‘pig‘ining ichki qismiga tepib yubordi.

Muҳim jihat shuki, bu harakat qasddan to‘p o‘ynash natijasida yuz bermagan. Shu sababli epizod qoidabuzarlik (fol) sifatida baholanishi va gol bekor qilinishi zarur edi", — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng kataloniyaliklar turnir jadvalidagi peshqadamlikni "Real Madrid"ga topshirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!