"Manchester Siti" chempion jamoa transferini barbod qildi
Vaziyat kutilmaganda o‘zgargan ekan
«Inter» jamoasi bir paytlar Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarummani yana vataniga qaytarishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Bu haqida Tribuna.com xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya chempionlari rahbariyati Donnarumma Fransiyaning PSJ klubi bilan tuzgan shartnomasi tugashini kutishiga umid qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026 yil yozigacha amal qilishi kerak edi. Shu muddat yakunlangach, «Inter» uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlagan.
Milan klubi Donnarummaga besh yillik shartnoma taklif etishga tayyor bo‘lgan, yillik maosh esa yetti million yevro atrofida belgilangani aytilmoqda.
Biroq bu rejalar amalga oshmadi. O‘tgan yili «Manchester Siti» darvozabonni PSJdan 40 million yevro evaziga sotib olib, «Inter»ning niyatiga barham berdi.
Izohlar (0)