"Manchester Siti" Donnarummaga zo'r raqobatchi tanladi
Transfer yaqin kunlarda amalga oshiriladi
Argentina milliy terma jamoasi va Fransiyaning «Marsel» klubi darvozaboni Xeronimo Ruli yaqin vaqtlarda «Manchester Siti» safiga qo‘shilishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «shaharliklar» darvozabon Jeyms Traffordni «Lids»ga sotish arafasida turibdi.
Futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, yangi zahira darvozaboni sifatida asosiy nomzod aynan Ruli hisoblanmoqda.
Argentinalik posbonning o‘zi ham Enco Mareska boshqaruvidagi jamoaga o‘tishni istamoqda. «Marsel» rahbariyati esa ingliz grandi 34 yoshli darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan xabardor.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Xeronimo Rulining transfer qiymati 6 million yevro atrofida. Uning «Marsel» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Izohlar (0)