«Manchester Siti» hujumchisiz qoldi
Antuan Semenyo to‘piqdаgi shish sababli Gana terma jamoasining 2027 yil Afrika millatlar kubogi saralash o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.
«Manchester Siti»ning flangda harakat qiluvchi hujumchisi Antuan Semenyo sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sababli Gana terma jamoasining yaqinidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqida 3NewsGH nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi to‘piqdagi shish sabab maydondan chetlatilgan va shuning uchun 2027 yildagi Afrika millatlar kubogi saralash bosqichidagi navbatdagi o‘yinlarda milliy jamoasiga yordam bera olmaydi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Semenyo barcha musobaqalarni hisobga olgan holda yetti o‘yinda maydonga tushdi. U ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.
Qayd etish joizki, vinger har bir uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan va faqat bitta o‘yinda o‘yin davomida almashtirilgan.
Izohlar (0)