
"Manchester Siti" ikki etakchi futbolchisini sotishga qaror qildi
"Manchester Siti" ikki futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qildi. "Manchester Evening News" nashri xabariga ko‘ra, shahar rasmiylari yarim himoyachi Bernardu Silva va himoyachi Emerik Lyaport bo‘yicha muzokaralarga tayyor.
Portugaliyalik xavbek uchun potentsial xaridorlar allaqachon mavjud. Bernarduning xizmatlariga Saudiya Arabistoni klublari, shuningdek, "Barselona" va PSJ qiziqish bildirmoqda. Lyaportni esa kim sotib olishga tayyorligi hozircha noma’lum.
"Manchester Siti" o‘tgan mavsumni trebl bilan yakunladi. Xosep Gvardiola shogirdlari Premer-liga chempioni, Angliya kubogi g‘olibi va Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar