"Manchester Siti" italyalik yosh himoyachiga qiziqmoqda

  • 30.05.2026 12:58
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" Italiya terma jamoasining yosh himoyachisiga qiziqish bildirmoqda. 

Manchesterliklar rahbariyati "Atalanta"ga tegishli bo‘lgan va o‘tgan mavsumni ijara asosida "Kalyari"da o‘tkazgan Marko Palestrani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, "shaharliklar" 21 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha bergamoliklar bilan muzokara olib borishga tayyor. "Atalanta" esa himoyachini 70 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Palestra o‘tgan mavsum A Seriyada 37 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!