"Manchester Siti" katta transferni uddaladi

  • 23.08.2026 14:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» braziliyalik iste’dodli hujumchi Allanni sotib olish uchun «Palmeiras» klubiga 37,5 million yevro miqdorida kafolatlangan to‘lov taklif qilishga tayyor. 

Estadao nashri xabariga ko‘ra, turli bonuslar qo‘shilganda bitim umumiy qiymati 42 million yevrogacha yetishi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, hozircha «Manchester Siti» rasmiy taklif yubormagan. Angliya klubi 22 yoshli vingerni «Tottenxem»ga o‘tishi kutilayotgan Savioga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Allan kattalar jamoasi tarkibida «Palmeiras» uchun 2025 yil yanvaridan beri o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 95 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Allanning bozor qiymati hozircha 20 million yevroga baholangan. Yosh futbolchilarning transfer bahosi yil sayin oshib borayotgani kuzatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!