
“Manchester Siti” mashhur yulduzi bilan xayrlashadigan bo‘ldi
“Manchester Siti”ning mashhur himoyachisi Kayl Uoker joriy mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etib, boshqa jamoaga ketishi kutilmoqda.
Daily Star nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati tajribali o‘yinchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga va uni qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan.
“Shaharliklar” Uokerni 15 million evroga baholamoqda. 34 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.
Kayl Uokerga Saudiya Arabistoni klublari da’vogarlik qilmoqda. Himoyachi uchun kurashda “Al-Ahli” fovarit ekani aytilyapti.
Kayl Uoker “Sheffild Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Angliyada bir necha klublar sharafini himoya qilgan futbolchi “Manchester Siti”ga 2017 yili olib kelingan edi.
U shu paytga qadar “shaharliklar” safida 308 ta uchrashuvda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, oltita gol va 23 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar