“Manchester Siti” qayta shakllantiriladi

  • 23 fevral, 11:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoani tezroq qayta shakllantirish, sezilarli darajada o‘zgartirish payti kelganini ta’kidladi.

Tecno

“Shaharliklar” joriy mavsum Angliya chempionligi unvonini himoya qila olmaydi, eng nufuzli turnir – Chempionlar ligasidan chiqib ketdi.

Xosep Gvardiola shogirdlari faqat Premer-ligada kuchli to‘rtlikka kirib, kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini olish hamda Angliya kubogini qo‘lga kiritish uchun kurashadi.

- To‘g‘risini aytsam, mavsum boshidan vaziyat bunaqa avj olishini kutmagan edim. Agar bunday bo‘lishini bilganimizda jamoani yangilashni o‘tgan yozdan boshlardik. Bizning ahvolimizda jamoani qayta shakllantirishni ertaroq boshlash kerak. Baribir bu ishni qilish kerak, - dedi Xosep Gvardiola.

Chempionatning birinchi qismidagi inqirozdan keyin manchesterliklar yanvar oyining o‘zida 200 million evrodan ortiq xarajat qilib, Abduqodir Husanov, Niko Gonsales, Vitor Reys va Umar Marmushni o‘z safiga qo‘shib oldi. 18 yoshli Vitor Reysdan tashqari uch nafar yangi o‘yinchi jamoa uchrashuvlariga muntazam jalb qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!