Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Manchester Siti» Rodrigga narx qoʻydi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Manchester Siti» Rodrini «Barselona»ga 60–70 million yevro evaziga sotishga tayyor, futbolchi kataloniyaliklar bilan kelishib bo‘lgan.

«Manchester Siti» ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandesni «Barselona»ga qanday miqdordagi to‘lov evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekani ma’lum bo‘ldi.

Insayder Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, «shaharliklar» 30 yoshli futbolchi uchun taxminan 60–70 million yevro talab qilmoqda. Aytilishicha, Rodrining o‘zi «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib bo‘lgan. Undan oldin futbolchi «Real» taklifini rad etgani xabar qilingan edi.

O‘tgan mavsumda Rodri barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor gol urdi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida «Barselona» Rodri uchun 45 million yevrodan biroz ko‘proq miqdorni taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q