«Manchester Siti» Rodrigа o‘rinbosar topdi

  • 09.08.2026 19:07
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Makallister «Manchester Siti» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida jurnalist Mett Tilen xabar bermoqda.

 

Manbaning ma'lum qilishicha, «Manchester Siti» rahbariyati argentinalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan va ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilmoqda. Klub Makallisterni jamoani tark etishi kutilgan Rodrigga munosib almashinuv sifatida ko‘rmoqda. Rodi esa ma'lumotlarga ko‘ra, «Barselona»ga o‘tishga yaqin turibdi.

 

Aleksis Makallisterning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining maoshi bir mavsum uchun taxminan 6 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!